








✅ Sayхunobod tajribasi asosida Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator seminar-treninglar o‘tkazmoqda. Bu kurslar orqali ishtirokchilar zamonaviy va an’anaviy kasblarni o‘rganib, o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
❓Qayerda va qanday kurslar o‘tilmoqda?
✅ Toshken shahrining barcha tumanlarida gulchilik bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar beruvchi seminarlar tashkil etilmoqda. Bu darslar orqali ayollar gul yetishtirish va undan daromad topish sir-asrorlarini o‘rganishmoqda.
👩💻 Shuningdek, IT hamda tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha ham doimiy darslar yo‘lga qo‘yilgan.
🌸 Kasanachilik, kashtachilik hamda milliy taqinchoqlar yasash kabi kasblar uchun yetakchi tadbirkorlar trener sifatida jalb etilgan.