







«Dolzarb 60 kun» boʻyicha oʻquv kurslar davom etmoqda
✅ Prezidentimizning 2025 yil 14- fevraldagi «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi hamda joriy yilning 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, «Ayollar daftari» ning 1 va 2 toifasiga roʻyxatga olingan Toshkent shahrining barcha tumanlarida yashovchi xotin-qizlar uchun Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan 36 soatlik qisqa oʻquv kurslari davom etmoqda.
✅Ushbu oʻquv kurslarida ayollar turli yoʻnalishdagi kasb-hunarlar boʻyicha tahsil olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻymoqda.